Qamchiq dovonida harakatlanayotgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dorilar topilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 9 noyabr kuni soat 22:10 larda “Namangan” YPX maskanida YPX otryadi xodimlari hamda sohaviy xizmatlar hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan 27 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Nexia” to‘xtatilgan.
Mashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda uning salonida qopga solingan 208 dona "Tropikamid" hamda 104 ta kassetada 1456 dona "Regapen" nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan belgilangan tartibda birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.