Energetika vaziri UNIDO bosh direktori bilan uchrashdi
Uchrashuvda energetika sohasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Foto: Energetika vazirligi
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov BMT sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Gerd Myuller bilan uchrashdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda bugungi kunda UNIDO bilan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, to‘qimachilik sanoati va kichik iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, sanoat bo‘yicha investitsiya loyihalariga moliyalashtirishni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda energetika sohasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov kecha Venada MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

15:24 / 28.02.2025
O‘zbekiston yanvarda gaz eksportini 9 foizga oshirdi

14:55 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul

12:03 / 17.02.2025