Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tuziladi - prezident qarori
Mazkur qonun davlat fuqarolik xizmatining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlardan tashqari barcha davlat organlari, davlat muassasalari va unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Bosh vazir raisligidagi qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Idoralararo komissiyaga 2024 yil 1 iyulga qadar qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantirilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Hujjat bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri belgilanadi.
Shuningdek, Adliya vazirligi joriy yil avgustiga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibini belgilovchi hujjat loyihasini Hukumatga kiritadi.
Qarorda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida 2024 yil yakuniga qadar «E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishi ham belgilangan.
Ma’lumot uchun, qonunning 15-moddasida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa bir ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shartligi belgilangan. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno hisoblanadi.
Avvalroq manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar mukofotlanishi hamda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganlik uchun jazo belgilangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

10:05 / 13.12.2024
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunning jamiyat va davlat uchun ahamiyati

16:21 / 12.11.2024
1,5 mingga yaqin boshqaruv xodimi qonunga zid tarzda tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi

13:04 / 10.06.2024