Tadbirkorlik sub’yektlari ko‘proq qaysi sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgani aytildi

Iqtisodiyot 07:44 / 29.05.2024 2305

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdo sohasida 154 ming 239 ta tadbirkorlik sub’yektlari mavjud. Shuningdek, sanoat sohasida 64 244 ta tadbirkorlik sub’yekti mavjud. 

Bundan tashqari:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 481 ta;
  • qurilish sohasida – 32 677 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 880 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 16 994 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 9 994 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 482 ta;
  • boshqa sohalarda – 55 764 ta.
Ko‘proq yangiliklar: