Savdo sohasidagi korxonalar 4 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi 

Iqtisodiyot 11:46 / 29.05.2024 2719

2024 yil yanvar-aprel oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 147 819 ta yuridik shaxs tomonidan 7,8 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 812 milliard so‘mi, ya’ni 10,3 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi

Ularning jami tovar aylanmasi 15,7 trillion so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 187,8 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

  • QQS – 306,6 milliard so‘m; 
  • foyda solig‘i – 203,1 milliard so‘m; 
  • aksiz solig‘i - 114,2 milliard so‘m;
  • JShODS - 101,8 milliard so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 53,7 milliard so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 17,2 milliard so‘m;
  • yer solig‘i - 4,9 milliard so‘m.
Ko‘proq yangiliklar: