Bo‘stonliqda Gentra yonib ketdi
Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilariga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.

Foto: YHXB matbuot xizmati
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Gentra to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat 27 may kuni soat taxminan 13:30 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 62-kilometrida (aholi yashash joyidan tashqari) sodir bo‘lgan.
Haydovchi - 2002 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi A.K. boshqaruvidagi Gentra’da qisqa tutashuv bo‘lgan (avtomobilning yonilg‘i turi benzin).
Shu sababli yong‘in yuzaga kelgan. Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan.
Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.
Mavzuga oid

21:36 / 12.02.2025
Namanganda piyodani urib, qochib ketgan qora Gentra topildi

09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi

08:40 / 01.02.2025
Chilonzorda Gentra skuterni urib yubordi

17:08 / 06.12.2024