Chirchiq shahrida jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro S.Z. fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.