10 ming dollar evaziga Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 08:20 / 16.05.2024 2599

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z.ni 10 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga o‘qishga va ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: