Qashqadaryoda otasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan opa-singilga xolasi vasiy bo‘ldi 

Jamiyat 07:59 / 15.05.2024 15660

Qayd etilishicha, qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganilgan. Qarshi shahar hokimi tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. qizlarga vasiy etib tayinlandi.

Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008 yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010 yilda tug‘ilgan)ni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi.

Ko‘proq yangiliklar: