Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminali kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.
Shu tariqa, 2024 yil 15 maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.