Nukusdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida talon-torojliklar aniqlandi
Kutubxona binosini yangidan qurish va jihozlash bo‘yicha amalga oshirilgan pudrat ishlarida qo‘shib yozish yo‘li bilan budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi ma’muriy binosini yangidan qurish va jihozlash bo‘yicha amalga oshirilgan qiymati 10,4 mlrd so‘mlik pudrat ishlarida 530,4 mln so‘mlik ish haqiqatda bajarilmagan bo‘lsa-da, hisobotlarga qo‘shib yozish yo‘li bilan budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shuningdek, kutubxonani jihozlash maqsadida ajratilgan 2 ta Brayl printeri uchun 90 mln so‘m va 1 ta ovoz yozish studiyasi uchun 50 mln so‘m mablag‘ ham o‘zlashtirib yuborilgan. Oqibatda ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan ta’minlash imkoni cheklangan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta’kidlanishicha, hozir tergov harakatlari olib borilib, yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

16:21 / 05.03.2025
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi

20:43 / 28.02.2025