Namanganda KIUT shou bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 13:53 / 14.05.2024 4500

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida KIUT shou o‘tkazildi. Mazkur filial abituriyentlarni bu yilgi qabul jarayonlariga chorlamoqda.

3 may kuni abituriyentlarni ko‘tarinki kayfiyatlarda kutib olish uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramda talabalar o‘rtasida milliy an’analarga e’tibor, taomlar tayyorlash bo‘yicha musobaqalar va modalar taqdimoti o‘tkazildi. Universitetning liboslar dizayni yo‘nalishi talabalari tomonidan taqdim etilgan modalar namoyishi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir yakunida qabul imtihonlarida yuqori ballni qo‘lga kiritgan abituriyentlarga grantlar ajratildi.

 “Bugungi tadbirda o‘z iqtidori bilan ko‘rgazmalar tashkil qilayotgan talabalarni ko‘rdim. Ta’lim muassasasining eng katta yutug‘i zamonaviy ta’lim berish uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilganligi, interaktiv jihozlar bilan jihozlanganligidir.

Hatto xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalarimiz borligi tahsinga loyiq”, - dedi Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Dinara Yakubova.

Namangan shahrida joylashgan filialda ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. O‘quv dasturlari xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etilgan va talabalar turli ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar​.

Abituriyentlar Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida 37ga yaqin yo‘nalishga hujjat topshirishlari mumkin.

Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/

Bakalavriat: admission.kiut.uz

Magistratura: masters.kiut.uz

 +99878 229-40-40 (ichki raqam – 1).

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Web-page: https://nam.kiut.uz

Telegram: @kiut_nm

e-mail: naminfo@kiut.uz

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: