Qozog‘iston 2024 yil sug‘orish davrida O‘zbekistondan 922 mln kub metr suv oladi

O‘zbekiston 15:30 / 13.05.2024 4679

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha sug‘orish mavsumida «Do‘stlik» davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan To‘qto‘g‘ul suv omborida (Qirg‘iziston) 8 milliard kub metr suv yig‘ildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini joriy yilning 30 sentabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Qozog‘iston yil boshidan buyon raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlarni alohida muhokama qildi. Mamlakatda barcha tashkiliy ishlar allaqachon yakunlangan.

«Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida»gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.

«Hozirgi birinchi vazifamiz - toshqinlardan paydo bo‘lgan suvni yig‘ish. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar ko‘llariga, Ulitov viloyatidan Qizilo‘rda viloyati ko‘llariga va hokazolarga jo‘natamiz. Lekin, shu bilan birga, janubiy viloyatlarni ham suv bilan ta’minlash muhim. Bu masalada esa suv diplomatiyasi juda muhim», - dedi Qozog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov.

Suv xo‘jaligi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning sentabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: