Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi Kamoliddin Murodov yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, hodisa bir oy avval sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Kamoliddin Murodov og‘ir tan jarohatlari olgan. Avtomobilni boshqargan advokat esa vafot etgan.
“Kun.uz” so‘roviga javoban Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov mazkur voqelik sodir bo‘lganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, shu yilning 9 mart (dam olish kuni) kuni sodir bo‘lgan voqelik bo‘yicha Kengash tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Xizmat tekshiruvi natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, JIB Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga nisbatan tuman sudi raisining kengashga kiritgan shikoyati belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, mashina boshqaruvida kim bo‘lganiga terov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.
Ma’lumot uchun, Kamoliddin Murodov 2021 yil aprel oyida 5 yil muddatga Denov tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi lavozimiga tayinlangandi.