Ukrainada urushning 807-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Ukraina mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini 10 may kuni ukrainlarning Xarkiv oblastidagi mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilgani, chegara hududida janglar ketayotgani haqida xabar berdi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning chegaradagi to‘rt qishlog‘ini — Streleche, Krasne, Pilnaya va Borisovkani qo‘lga olgan; Xarkiv oblasti rasmiylari buni rad etgan.
Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlari o‘qqa tutilishi kuchaytirilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
Xarkiv shahri va Lipsi posyolkasida raketa zarbalaridan keyin bir necha uylar yonib ketgan, 11 yoshli o‘smir va ikki nafar keksa ayol yaralangan.
Sumi oblastida rossiyaliklar zarbasi oqibatida 64 yoshli ayol halok bo‘lib, uning 17 yoshli nabirasi jarohatlangan.
Kaluga oblastida neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumidan keyin yong‘in chiqqan. Jarohat olganlar yo‘q.
Kun kadri. Xarkiv osmonida shimoliy yog‘du
Xarkiv oblastining chegaradosh hududlarida evakuatsiya