Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 2024 yil mart oyida miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi bemorni ko‘rsatdi. Bemor 29 yoshli falaj Noland Arbo edi. Chip o‘rnatilgandan 100 kun o‘tgach bemorning miyasi implantni rad qila boshladi. Neuralink xabariga ko‘ra, kompaniya chip uchun dasturiy ta’minotni yangilash orqali muammoni hal qilishga urinmoqda.
Dastlab Neuralink chipning ma’lumot uzatish tezligi pasayib ketganini aniqladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ba’zi elektrodlarning miya bilan aloqasi yo‘qolib qolgan, tezlik shu tufayli pasaygan.
Neuralink vakillarining so‘zlariga ko‘ra, chip elektrodlarining bir qismi miya bilan aloqani yo‘qotgan, bu esa impulslarni o‘qish tezligining pasayishiga olib kelgan. Ushbu muammoni hal qilish uchun Neuralink qolgan elektrodlarga qo‘shimcha yukni olish imkonini beruvchi yangilanishni chiqargan.
Ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlashgan mutaxassislar elektrodlar bosh suyagi ichidagi miyaning tabiiy harakatlari tufayli miyadan ajralib qolgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Miya suyuqlik bilan o‘ralgan bo‘lib, u suspenziya vazifasini bajaradi, uni zarba va qaltis harakatlardan himoya qiladi. Shu tufayli, hatto boshning keskin burilishi ham chip va miya o‘rtasidagi aloqani yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Implantatsiya qilingan sinov hayvonlari bunday muammolarga duch kelmadi, chunki ularning miyasi kichikroq va bosh suyagida kamroq harakatga ega. Neuralink vakillari muammoni bosh suyagiga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya ichiga chip o‘rnatish orqali hal qilish mumkin, deb hisoblamoqda. Ilon Mask kompaniyasi kelajakdagi sinovlarida bu ehtimol usuldan foydalanishi mumkin.