Associated Press agentligining viloyat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi direktoriga tayanib xabar berishicha, suv toshqini bir qancha hududlarda uylar va mulklarga ham zarar yetkazgan.
Agentlikning uning so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, "halok bo‘lganlar soni ko‘payishi mumkin".
Toliblarning tabiiy ofatlar bilan kurashish vazirligi vakili aytishicha, suv toshqinlari Kobulga ham ta’sir ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, jabrlangan hududlarga oziq-ovqat va boshqa yordamlar bilan qutqaruv guruhlari yuborilgan.
Aprel oyida butun mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va suv toshqini oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgan.