Robusta qahvasining narxi 1979 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Xalqaro qahva tashkiloti hisobotida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, aprel oyida asosiy bozorlardagi ulgurji narxlar 16,8 foizga oshib, bir kilogramm mahsulot uchun taxminan 4,27 dollarni tashkil etgan.
Narxning oshishiga Robusta qahvasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Vetnamda hosilning yomonlashgani va ta’minot zanjiridagi uzilishlar ta’sir o‘tkazgan.
Bloomberg’ning xabar berishicha, global iqlim o‘zgarishi Osiyo mamlakatlari qishloq xo‘jaligida qurg‘oqchilikka olib kelgan. Fermerlar sug‘orish uchun suv tanqisligiga duch kelishmoqda.