Toshkentda to‘rtta avtobus harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Jamiyat 07:55 / 09.05.2024 5908

Ohangaron yo‘li ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish uchun yer sathi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasida tashkil etilgan ortga burilib olish joyi yopildi.

Shu munosabat bilan 9 maydan boshlab, 30, 95, 110 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘nalishdagi shaharning markaziy qismlari tomon harakati, Ohangaron yo‘li ko‘chasidan T.Malik ko‘chasiga kirmasdan, Parkent ko‘chasi orqali uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning tonnel qismi orqali o‘zgartiriladi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida 72-sonli Aviasozlar - Jomiy maydoni avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytirilganligi ma’lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: