Hindistonda o‘zbekistonliklar 5 kg oltin bilan ushlandi
Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda qo‘lga olindi.

Foto: Twitter / AirportGenCus
Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosidan 5 kilogramm oltin musodara qilindi.
Dehli Bojxona xizmati xabariga ko‘ra, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlangan.
Fuqarolar bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:20 / 03.02.2025