Iqtisodiyot | 13:13 / 06.02.2025
6595
2 daqiqa o‘qiladi

1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

6 fevral kungi kotirovkalarda 5 grammlik quyma oltin narxi 6 mln 180 ming so‘mni tashkil qildi. 20 grammlik o‘lchovli quyma esa 24 mln 718 ming so‘mdan sotilyapti. Qimmatbaho metall narxi yil boshidan beri 9 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 6 fevral kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 236 ming so‘m yoki 95,1 dollarga yetdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 6 mln 180 ming so‘mni, 20 grammlik o‘lchovli quyma esa 24 mln 718 ming so‘mni tashkil qilmoqda. 

Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boshidagi narxlardan 9,1 foizga, 2024 yilning mos davridagi narxlardan esa 48 foizga yuqori.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa o‘zbekistonliklarda jamg‘armalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, narxlar doimiy o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda oltin narxlarining oshishi global narxlar o‘sishi bilan izohlanmoqda. Jahonda oltin narxi uzoq muddatli rekordlarni yangilashda davom etyapti. Ayni paytda oltinning bir troya unsiyasi 2867 dollarga baholanmoqda, bu bir gramm uchun 92,2 dollarga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid