Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi 

Jamiyat 08:02 / 07.05.2024 2610

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 7 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Manzillar:

  • Chilonzor tumani: “Qatortol” hamda “Katta Do‘mbirobod” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Baratxo‘ja” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Temuriylar”, “Chingeldi” hamda “Iqtidor” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: