Rossiyalik Vinnik AQShda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Ayblovga ko‘ra, Vinnik BTC-ye kriptovaluta birjasining operatori bo‘lib, u jinoiy faoliyatdan mablag‘ olgan, pul yuvishga qarshi kurash qoidalarini qo‘llamagan va mijozlar ma’lumotlarini yig‘magan.

Aleksandr Vinnik Foto: Giorgos Zachos / ZUMAPRESS.com / Global Look Press
Rossiyalik Aleksandr Vinnik Qo‘shma Shtatlarda pul yuvish uchun til biriktirganlik bo‘yicha aybini tan oldi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligining 3 may, juma kuni o‘z saytida e’lon qilingan xabarida aytiladi.
O‘z navbatida, Vinnik advokati Arkadiy Buxning RIA «Novosti» agentligiga aytishicha, 44 yoshli sudlanuvchi «cheklangan miqdordagi moddalar bo‘yicha aybini tan olgan». Vinnik umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi, ammo kelishuv unga muddatini qisqartirish imkonini berdi.
Aleksandr Vinnik Qo‘shma Shtatlarda 2011 va 2017 yillarda BTC-ye kriptobirjasi operatori bo‘lgan davrda pul yuvishda ayblanmoqda. AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt davomida birjadan 9 milliard dollardan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirgan milliondan ortiq mijozlar foydalangan. Bundan tashqari, ayblov xulosasiga ko‘ra, kriptobirja jinoiy faoliyatdan mablag‘ olgan va Vinnik taxminan 121 million dollar yo‘qotilgani uchun bevosita javobgar bo‘lgan.
Vinnik Gretsiyada qo‘lga olingan, Fransiyada sudlangan, AQShga ekstraditsiya qilingan
Agentlikning bayonotida BTC-ye Qo‘shma Shtatlarda moliyaviy xizmatlar kompaniyasi sifatida ro‘yxatdan o‘tmaganligi, mijozni bilish yoki pul yuvishga qarshi kurash qoidalarini qo‘llamagani va mijozlar ma’lumotlarini to‘plamagani ta’kidlangan. Vinnik shuningdek, raqamli aktivlarni qog‘ozli valutaga aylantirish uchun soxta kompaniyalaridan foydalangan.
BTC-e birjasi 2017 yilda yopilgan, o‘shanda Vinnik Gretsiyada hibsga olingan. U dastlab BTC-e operatori ekanligini rad etib, shunchaki birja xodimiligini aytdi. AQSh, Rossiya va Fransiya rasmiylari uning ekstraditsiyasini talab qilgan. Vinnik dastlab Fransiyaga jo‘natilgan, u yerda pul yuvishda ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, so‘ngra Gretsiyaga qaytarib yuborilgan, keyin esa AQShga ekstraditsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sanoat hamkorligini mustahkamlash: O‘zbekistonda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” yubiley ko‘rgazmasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi
Jahon | 14:50
-
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
Sport | 14:40
-
O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilaydi
Iqtisodiyot | 14:15
Mavzuga oid

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

22:38 / 05.04.2025
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

13:35 / 05.04.2025