NATO Rossiyaning o‘z a’zolariga nisbatan «gibrid hujumlari»ni qoraladi

Jahon 11:03 / 03.05.2024 4072

Rossiyaning NATOga a’zo davlatlarga nisbatan «gibrid hujumlari» bilan bog‘liq «so‘nggi paytlarda amalga oshirilgan zararli faoliyati» «ittifoqchilar xavfsizligiga tahdid» keltirib chiqaradi va ularni «chuqur tashvishga solmoqda». Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansining 2 may, payshanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanganidek, so‘nggi paytlarda «Rossiya davlatning dushmanlik harakatlari» Chexiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, shuningdek, Germaniya va Britaniyaga ta’sir ko‘rsatdi. Ular bir qator shaxslarga nisbatan tergov va ayblovlar bilan yakunlandi, deyiladi press-relizda.

«Ushbu hodisalar Rossiyaning yevroatlantika mintaqasida, jumladan, alyans doirasida va ishonchli vakillari orqali amalga oshirayotgan faollashgan kampaniyasining bir qismidir. Ularga diversiya, zo‘ravonlik harakatlari, kiber va elektron aralashuvlar, dezinformatsiya kampaniyalari va boshqa gibrid operatsiyalar kiradi», deya ma’lum qildi NATO.

Hujjatda NATO alyans a’zolariga qarshi gibrid hujumlar ko‘rinishi deb hisoblagan Rossiya harakatlarining aniq misollari keltirilmagan. 

Alyans Moskvani xalqaro majburiyatlarga rioya qilishga chaqirdi 

Ayni paytda, press-relizda ta’kidlanishicha, NATO ittifoqchilari ham alohida, ham jamoaviy tarzda bunday tahdidlarga qarshi kurashishda birlashish niyatida. 

«Biz Rossiyaning xatti-harakatini qoralaymiz va uni ittifoqchilar singari xalqaro majburiyatlarini hurmat qilishga chaqiramiz. Rossiyaning harakatlari ittifoqchilarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga to‘sqinlik qila olmaydi», - deya bayonot berdi NATOga a’zo davlatlar.

Rossiyaning Germaniyadagi josuslik faoliyati haqida 

23 aprel kuni Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi (BfV) rahbari Tomas Xaldenvang DW nashriga bergan intervyusida Rossiyani «eng shafqatsiz vositalar bilan urush olib borishga tayyor va diversiyadan tap tortmaydigan mamlakat» deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis razvedka xizmatlari «Rossiya doimiy ravishda Germaniya manfaatlariga zarar yetkazadigan josuslik faoliyatini olib borishini» biladi, ammo Berlin bunga qarshilik ko‘rsatishga tayyor. 

Ko‘proq yangiliklar: