Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Jahon 19:03 / 01.05.2024 7344

Qozog‘iston aeroportlarida aviatsiya xavfsizligi choralari kuchaytirildi. Bu haqda Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi xabar berdi. 

1 maydan boshlab mamlakatning barcha aeroportlarida, vokzal, avtoturargohlar va yo‘lovchi terminallari yaqinidagi hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. 

Taqiqlangan narsalarni olib o‘tishning oldini olish uchun yo‘lovchilar terminaliga kirishda birinchi skrining liniyasi joriy etilgan. 

Ta’kidlanishicha, shu sababli yo‘lovchilar reyslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun aeroportlarga ertaroq kelishi kerak. 

Fuqaro aviatsiyasi havo transporti infratuzilmasining aviatsiya xavfsizligi holatini profilaktika qilish va baholashni amalga oshirish hisobiga aviatsiya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: