AP xabariga ko‘ra, 16 nafar sudyadan iborat hay’at Nikaraguaning Germaniyaga nisbatan vaqtinchalik choralar ko‘rish haqidagi iltimosiga qarshi 15 ovoz bilan qaror chiqardi.
Biroq, hay’at ishni to‘liq yopmagan va bundan keyin Nikaraguaning «Germaniya G‘azo sektoridagi genotsidning oldini ololmagani» haqidagi da’vosi bo‘yicha dalillarini eshitish niyatida. Agentlikning ta’kidlashicha, bu bir necha oy davom etishi mumkin.
Sud raisi Navof Salom so‘zlariga ko‘ra, BMT sudi «uzoq vaqt davomida oziq-ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlar yetishmasligi munosabati bilan G‘azo sektoridagi falastinliklarning halokatli darajada dahshatli yashash sharoitidan chuqur xavotirda».
Germaniya BMT Xalqaro sudining qarorini olqishladi va Berlin «falastinliklarga eng yirik gumanitar yordam donori» ekanini ta’kidladi.
Aprel oyida Xalqaro sud Nikaraguaning Germaniyaga qarshi da’vosi bo‘yicha tinglovlarni boshladi, unda Markaziy Amerika davlati G‘azo sektoridagi amaliyot avjida Isroilga harbiy yuk yetkazib bergani uchun Berlinga qarshi choralar ko‘rishga chaqirgan edi.
Da’vo arizasida Nikaragua BMT sudidan Germaniyadan Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilib, vaqtinchalik choralar ko‘rishni talab qilgan edi.