Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti 

Iqtisodiyot 09:04 / 24.04.2024 3520

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 mlrd dollar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 2,8 mlrd hamda 937,7 mln dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

  • Turkiya – 656,3 mln;
  • Koreya – 544,1 mln;
  • Fransiya – 337,1 mln;
  • Germaniya – 268,1 mln;
  • Turkmaniston – 235,2 mln;
  • Afg‘oniston – 224,8 mln;
  • Hindiston – 213 mln.
Ko‘proq yangiliklar: