Yangiyo‘lda 4 tup shumtolni kesganlar tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabar berishicha, tadbir davomida Yangiyo‘l tumani “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilganligi aniqlandi. O‘rganish natijasida huquqbuzarlik O‘.B. hamda U.A. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 412 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

22:30 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi

16:20 / 01.02.2025
Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus gazballoni portladi

17:53 / 16.01.2025