Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
35603
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi

Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz dunyoga keldi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir ona va bola shifokorlar nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida Nurafshon shahrida kuzatilgan bo‘lib, vazni salkam 7 kg o‘g‘il tug‘ilgan edi.

Mavzuga oid