Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada atigi ikki kun avval sotib olingan Range Rover o‘g‘rilab ketildi. U so‘nggi himoya tizimi bilan jihozlangandi
Britaniyalik erkak avtomobilni qariyb 200 ming funt sterlingga sotib olgan. Avtosalondagilar ushbu modelni “o‘g‘irlab bo‘lmasligini” aytishgan edi.

Foto: metro.co.uk
Buyuk Britaniyaning Uorikshir grafligida qiymati 183 ming funt sterling bo‘lgan Range Rover avtomobili o‘g‘irlab ketildi. Mashina egasi uni voqeadan atigi 60 soat oldin sotib olgandi. Qizig‘i shundaki, avtosalonda erkakka ushbu modelni “o‘g‘irlab bo‘lmaydi” deb aytishgan.
Jon (erkakning familiyasi keltirilmagan) 2024 yil 13 dekabrda Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan 550 ta nusxadan iborat cheklangan seriyali Range Rover uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan. Avtomobil massaj o‘rindiqlari, 4D taktil audio tizimi va quyma g‘ildirak disklari bilan jihozlangan. Avtosalondagilar yangilangan xavfsizlik tizimi tufayli bu mashinani amalda “o‘g‘irlab bo‘lmasligini” ham aytishgan.
Ertasi kuni taxminan soat 15:30 da Jon avtosalondan mashinasini olib ketdi va 60 soatga yetmay, uni o‘g‘irlab ketishdi. Voqea 17 dekabr kuni erta tongda sodir bo‘ldi. Kuzatuv kameralaridagi yozuvlarga ko‘ra, jinoyatchilarga avtomobilni o‘g‘irlash uchun atigi 15 daqiqa kifoya qilgan.
Yangi Range Rover Jonning uyi yonida turgandi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarda ikki erkak uning hovlisiga yaqinlashayotgani ko‘rinadi. Uchinchisi esa ko‘chaning narigi tomonidan kuzatib turgan. Jinoyatchilar avtomobilga qanday kirgani noma’lum. Faqat ulardan biri haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirgani, so‘ngra uchovi ham jo‘nab ketgani ko‘ringan.
Jon taxminan tungi soat uchda uyg‘onib, avtomobiliga o‘rnatilgan trekerni kuzatuvchi kompaniyadan bir nechta javobsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lganini ko‘rdi. U derazadan tashqariga qarab, yaqinda sotib olgan mashinasi o‘z joyida yo‘qligini payqadi.
Jon Jaguar Land Rover bosh direktoriga shikoyat xati yozdi. JLR mijozlar bilan ishlash markazi erkakning xatiga quyidagicha javob berdi:
“Mas’uliyatli ishlab chiqaruvchi sifatida, biz xavfni kamaytirish maqsadida o‘g‘rilikning oldini olish tizimlarini joriy etganmiz. Biroq faqatgina bu choralarga tayanib qolish kerak emas. Transport vositasining o‘g‘irlanishi barcha transport vositalari egalari duch keladigan xavf, biz bu borada javobgarlik to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqmaymiz”.
Mashina topilmadi. Daily Mail xabar berishicha, Buyuk Britaniyada avtomobillarni o‘g‘irlab, so‘ngra ularni Afrika, Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqqa olib o‘tadigan jinoiy guruhlar faoliyat yuritmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi
O‘zbekiston | 10:52
-
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi
O‘zbekiston | 10:41
-
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 10:25
-
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:03
Mavzuga oid

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:08 / 10.07.2025
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi

14:14 / 10.07.2025
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi

11:53 / 10.07.2025