O‘zbekiston elchisi Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nusrat Gani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Uchrashuv davomida yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025
Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

16:23 / 07.02.2025
O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

18:16 / 04.02.2025