Samaradagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi

Jahon 07:19 / 09.04.2024 8814

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 2024 yil 8 aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat olgan va tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Bu borada diplomatlar Rossiyaning Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.

Zarur hollarda, qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

- O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76
- O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron pochta manzili: kaz.uzconsulate@mfa.uz.

Ko‘proq yangiliklar: