Qozog‘iston Rossiya uchun benzin zaxirasini yaratayotganini rad etdi

Jahon 08:53 / 09.04.2024 4913

Qozog‘iston Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida uchuvchisiz uchoqlar hujumi tufayli taqchillik yuzaga kelgan taqdirda Rossiya uchun benzin zaxirasini yaratmadi. «Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligidan bunday so‘rov kelib tushgani yo‘q», — deya 8 aprel, dushanba kuni Qozog‘iston energetika vaziri maslahatchisi Shingis Ilyasovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Orda. 

Avvalroq, Reuters agentligi uchta manbaga tayanib, Rossiya Qozog‘istondan favqulodda 100 ming tonna benzin zaxirasini yaratish va Rossiya Federatsiyasiga yonilg‘i yetkazib berishga tayyor turishni so‘ragani haqida xabar bergan edi. Shu tariqa, Rossiya rasmiylari neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumlar soni ortib borayotganiga reaksiya bildirgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, 5 aprel holatiga ko‘ra Qozog‘istonning AI-92 benzini o‘z zaxirasi 307,7 ming tonnani, AI-95 zaxirasi – 58 ming tonnani, dizel yonilg‘isi zaxirasi – 435,3 ming tonnani tashkil qilgan. 

1 mart kuni Rossiya hukumati benzin eksportini olti oyga taqiqladi. Avvalroq Reuters agentligining ta’kidlashicha, fevral oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasi Belarusdan benzin importini keskin oshirgan. DW hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari uchuvchisiz uchoqlar tomonidan taxminan 40 marta hujumga uchragan. 

Ko‘proq yangiliklar: