Orskda Ural daryosida to‘g‘onlar buzilishidan keyin ikkinchi kundirki mahalliy aholini suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Shaharga yetib kelgan Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkov vaziyatni og‘ir deb atagan. Uralda suv sathi ko‘tarilishi oqibatida suv toshqini Orenburgga ham yetib borgan — oblast markazida ham evakuatsiya boshlangan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, oblast hududida jami olti mingdan ortiq turar joylarni suv bosgan, to‘rt mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Butun region bo‘ylab federal xarakterdagi favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilingan. Quyida Orskda to‘g‘on buzilishi oqibatlari va shaharning suv bosgan ko‘chalari aks etgan suratlar keltiriladi.
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25620
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34531