Tug‘uruqni amalga oshirish xizmatlariga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi

O‘zbekiston 10:36 / 05.04.2024 3159

Prezidentning “Respublika tug‘uruq majmualari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish hamda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi prezident administratsiyasining 2024 yil 30 yanvardagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasida respublika tug‘uruq majmualari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish hamda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash kiritilgan.  

Bunda:

  • tug‘uruq majmualarida bosqichma-bosqich zamonaviy menejyerlar boshqaruvini yo‘lga qo‘yish;
  • respublikadagi barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar va oilaviy poliklinikalarining akusher-ginekolog lavozimlarini tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi tug‘uruq majmualari boshqaruviga o‘tkazish;
  • tug‘uruq muassasalari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalardagi “Ayollar maslahatxonasi” bo‘limida homilador ayollarning holatidagi o‘zgarishlarni tizimli va kompleks nazorat qilib borish bo‘yicha yagona elektron bazani to‘liq joriy qilish;
  • davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tug‘uruq muassasalari negizida homiladorlar uchun sanitar-epidemiologik me’yorlarga mos sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha o‘rin-joy fondini tashkil etish;
  • tug‘uruqni amalga oshirish xizmatlariga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish;
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qo‘shimcha choralar kiritilishi nazarda tutilgan.

Bildirilishicha, qarorning qabul qilinishi natijasida tug‘uruq muassasalarida shaffoflikka, korrupsiyaning oldini olishga, homilador, tug‘uvchi va tug‘gan ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar samaradorligiga erishiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: