Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning qolgan hududlarida kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublikaning markaziy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat +20...+23 daraja, janubda +27 darajagacha bo‘ladi.
Ertaga, 6 aprel kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir faqat kechasi va ertalab yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz pasayadi va +15...+18 daraja atrofida bo‘ladi.
7 aprel, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati yana +20...+23 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat asosan +7...+12 daraja bo‘ladi.
5-6 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Tog‘li hududlarda 5-6 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, 6 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda 5 aprel kechga tomon va 6 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 5 va 7 aprel kunlari +20...+23 daraja, 6 aprel, shanba kuni +15...+17 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +7...+12 daraja atrofida kuzatiladi.