Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Prezident yangi ta’lim va turizm obektlarida yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechiradi.
Shuningdek, sessiyada Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi hisoblangan Shavkat Umurzoqov shahar hokimi etib tayinlanishi kutilmoqda. Muqaddam, 2018 yildan «O‘zavtosanoat» rahbari bo‘lib ishlagan Umurzoqov 2023 yil martida, Jahongir Ortiqxo‘jayev ketganidan keyin bo‘sh qolgan Toshkent shahri hokimi lavozimida «v.b» sifatida ish boshlagandi.