2023 yilda 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 foizni tashkil etdi.
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, bu ko‘rsatkich 2021 yilda – 95,7 foizni, 2022 yilda – 97,8 foizni tashkil etgan.
2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 349 tani tashkil etgan.