O‘zbekiston Eronning Suriyadagi konsulligiga uyushtirilgan aviazarbani qoraladi

O‘zbekiston 12:07 / 03.04.2024 3005

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning Damashq (Suriya)dagi konsulligiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralashini ma’lum qildi.

«Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz», — deyiladi TIV xabarda.

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning ikki generali Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi Xoja Rahimiy Isroil tomonidan Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi yaqinida uyushtirilgan havo hujumida halok bo‘ldi. Bu haqda Eron OAV korpus matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Ulardan tashqari korpusning yana besh zobiti halok bo‘lgan.

Zohidiy 2006 yildan 2009 yilgacha korpus quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan, 2017 yildan buyon korpus operatsiyalariga rahbarlik qilgan. Suriya inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashining xabar berishicha, umumiy hisobda zarba oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, hujum konsullik binosiga tutash binoga amalga oshirilgan. Natijada bino butunlay vayron bo‘lgan. 

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyonning aytishicha, Tehron hujum uchun Isroilni javobgar deb biladi. Eronning Damashqdagi konsulligiga zarba berish «barcha xalqaro konvensiyalarni buzishdir», dedi Abdullohiyon. Isroil harbiylari bu xabarlarga izoh bermasligini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: