Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekiston 14:03 / 03.04.2024 10278

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish doirasida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh.A.ni Jinoyat kodeksining 168-, 28-211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: