Xitoy Farg‘onada elektr energiyasini saqlash tizimini quradi

O‘zbekiston 07:32 / 02.04.2024 3264

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning Aleks Van boshchiligidagi China Gezhouba Group Overseas Investment Co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. 

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu kompaniya dastlabki baholash bo‘yicha jami 144 mln dollar miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga O‘zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda.

Uchrashuvda ushbu loyihani amalga oshirish bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilishining viloyatda elektr ta’minotini yaxshilashdagi ahamiyatini ta’kidlab, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishda doimiy ko‘mak berilishini bildirdi. 

Xitoyliklar yaqin muddatda loyihaning tamal toshini qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: