Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi

O‘zbekiston 10:45 / 02.04.2024 14189

Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida shilqimlik qilgan navbatdagi haydovchi 5 sutkaga qamaldi. 

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol 2023 yil 11 noyabr kuni soat 17:20 da Chilonzor tumani «Xalqlar do‘stligi» saroyi oldida taksi to‘xtatib, Spark avtomobiliga o‘tirgan. Yo‘lda ketayotganida haydovchi X.O. (1994 yilda tug‘ilgan) ayolning oyog‘idan ushlab, turli gaplar gapirgan.

Ayol X.O.ni gaplarini yozib olganini bildirib, suddan unga qonuniy chora ko‘rishni va ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.

Sud majlisida huquqbuzar X.O. o‘sha kuni avtomashinasi mexanika bo‘lgani sabab, uzatmalar qutisi richagidan tezlikni o‘zgartirayotganda (skorostga urayotganida) ayolning oyog‘iga qo‘li tegib ketganini bildirib, suddan ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Sud X.O. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, unga 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. 

Ko‘proq yangiliklar: