Viloyat hokimining Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hokim Erkin Turdimovning qarori bilan Husan To‘xtayev yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimida ish boshladi.
Husan To‘xtayev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, Xurshid Ochilov Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.