Veolia Energy Tashkent xabariga ko‘ra, bahorda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ularni qozonxonalarni to‘xtatmasdan turib bajarishning imkoni mavjud emas.
Veolia Energy Tashkent mahalliy qozonxonalari faoliyati to‘xtatilish davomiyligi ikki kun bo‘lib, bu 1 apreldan 31 maygacha amalga oshiriladi.
Issiq suv ta’minoti o‘chiriladigan ikkinchi muddatda barcha 3 ta issiqlik ishlab chiqaruvchi korxona (“Toshkent Issiqlik markazi”, “Toshkent issiqlik elektr markazi”, Veolia Energy Tashkent)ning markaziy qozonxonalari faoliyati to‘xtatiladi: davomiyligi — 4 kun; davr — 15 apreldan 31 maygacha.
Ushbu davr mobaynida Toshkent shahridagi issiq suv ta’minoti tizimini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiriladi. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xodimlari kelgusidagi isitish mavsumida yanada samarali va ishonchli issiqlik ta’minotini yetkazib berish maqsadida eskirgan kommunikatsiyalarni almashtirib, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qiladi. O‘chirish jadvali keyinroq e’lon qilinishi aytilgan.