Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohat oldi

O‘zbekiston 07:44 / 01.04.2024 10306

31 mart kuni soat 22:45 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Seul ko‘chasida YTH ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda YHXB axborot xizmati.

Unda 3 ta avtomobil ishtirok etgan: Nexia 3 (haydovchisi 30 yosh) va 2 ta Cobalt (haydovchilari 22 va 42 yosh). Hodisa qanday yuz bergani bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

YTH oqibatida 22 va 30 yoshli haydovchilar jarohatlanib, shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan belgilangan yo‘l harakati qoidalarga amal qilishni hamda tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: