«Pobeda» 3 apreldan boshlab Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 14:42 / 01.04.2024 3769

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi 2024 yil 3 apreldan boshlab Moskva va Toshkentni muntazam yo‘lovchi qatnovlari bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Moskva — Toshkent —   Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har kuni Boeing-737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

«Pobeda» — Rossiyaning «Aeroflot — Rossiya havo yo‘llari» guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida (Moskva) joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: