Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan asoslanadi:
obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, ekofaollar va jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oy 100 tadan velosiped berish;
har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovini o‘tkazish hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan bir nafardan farzandi yoki nevarasiga to‘lov-kontrakt summasini (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan qismini) Ekologiya jamg‘armasi hisobidan to‘lab berish. Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatilishini nazarda tutish;
«Eng toza mahalla» tanlovini o‘tkazish va tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Prezident farmoni bandlarida belgilangan ekologiya, sanitar tozalash korxonalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishchi xizmatchilari va ekofaollar, shuningdek, respublika hududidagi mahallalarida ijtimoiy obektlarga chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxtlarni ekish uchun mablag‘larni o‘tkazib berish maqsadida o‘tkaziladigan tanlovlar «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi», «Eng toza mahalla» va 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlarini berish tartibi belgilanmoqda.