Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati yanada ko‘tariladi

O‘zbekiston 11:52 / 01.04.2024 18271

Bugun kunduzi O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 2-3 aprel kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi. 2 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 3 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

1-3 aprel kunlari havo harorati 15-20 daraja atrofida bo‘ladi. 4-5 aprelda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +18...+23 darajagacha, ba’zi joylarda +25 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat asosan +5...+10 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 2-4 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 1-2 va 4-5 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 1-3 aprelda +16...+19 daraja, 4-5 aprelda +19...+22 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asosan +5...+10 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: