Samarqandda 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

O‘zbekiston 12:16 / 31.03.2024 7465

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “I.a.” MChJ rahbari I.M. MChJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: