Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.
Ya’ni 1 apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1 apreldan metan gaz narxi oshishi haqida e’lonlar paydo bo‘lgan, ularda 1 metr kub gaz narxi 3800 so‘m bo‘lishi ma’lum qilingandi.